Özbekiston Jinoyat-protsessual kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
JPKning 121-moddasi voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvçini söroq qilişda psixologni jalb etiş töğrisidagi norma kiritildi. Voyaga yetmaganlarni söroq qiliş uning qonuniy vakilining yoki katta yoşdagi yaqin qarindoşining, pedagog va (yoki) psixologning, yoxud ularning roziligiga binoan jabrlanuvçi vakilining iştirokida amalga oşiriladi.
Pedagogni va (yoki) psixologni söroq qilişga jalb etiş voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvçi qonuniy vakilining yoki katta yoşdagi yaqin qarindoşining, jabrlanuvçi vakilining iltimosiga binoan yoxud suriştiruvçining, tergovçining, prokurorning yoki sudning taşabbusiga köra amalga oşiriladi. Ularning iştiroki jinoyat işini yuritayotgan suriştiruvçi, tergovçi, prokuror yoki sud tomonidan ta’minlanadi.
Voyaga yetmagan jabrlanuvçi yoki guvohni söroq qilişda iştirok etiş uçun pedagogni va (yoki) psixologni jalb etiş töğrisida iltimosnoma beriş huquqi söroq qilişdan oldin uning qonuniy vakiliga yoki katta yoşli yaqin qarindoşiga, jabrlanuvçi vakiliga suriştiruvçi, tergovçi, prokuror yoki sud tomonidan tuşuntiriladi.
Söroq qilişning umumiy davom etiş vaqti kun davomida dam oliş va ovqatlaniş uçun 1 soatlik tanaffusni hisobga olmaganda 4 soatdan oşmasligi kerak.
554-moddada belgilanişiça, voyaga yetmagan gumon qilinuvçini yoki ayblanuvçini söroq qilişda suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning ixtiyoriga köra yoxud voyaga yetmagan gumon qilinuvçi yoki ayblanuvçi himoyaçisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psixolog iştirok etişi mumkin.

















