Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda murojaatlar bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 91 mas'ul xodim jazolandi
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunining talablarini qo‘pol ravishda buzilishiga sababchi bo‘lgan 91 nafar hokimlik mas'uliga amaldagi qonunlar doirasida ta'sir choralari ko‘rilgan.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi.
Qayd qilinishicha, 2021 yil yanvar-noyabr oylarida viloyatning shahar va tumanlar hokimliklariga Prezidentning virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan 8251 ta murojaatning 4473 tasi qanoatlantirilgan, 3290 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 15 tasi rad etilgan, 40 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 397 tasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan.
1153 ta murojaatning ko‘rib chiqish muddati buzilgan, shundan Urganch shahar hokimligida 447 ta, Urganch tumani hokimligida 262 ta, Xiva shahar hokimligida 114 ta, Gurlan tumani hokimligida 91 ta, Xonqa tumani hokimligida 69 ta, Xiva tumani hokimligida 60 ta, Qo‘shko‘pir tumani hokimligida 31 ta, Hazorasp tumani hokimligida 29 ta, Shovot va Tuproqqal'a tumanlari hokimligida 14 tadan, Yangiariq tumani hokimligida 9 ta, Bog‘ot tumani hokimligida 7 ta va Yangibozor tumanlarida 6 tadan murojaatning ko‘rib chiqish muddati buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunining talablarini qo‘pol ravishda buzilishiga sababchi bo‘lgan 91 nafar hokimlik mas'ul xodimiga amaldagi qonun doirasida ta'sir chorasi ko‘rilgan. Jumladan — 14 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, jarimaga tortilgan. 71 nafariga hayfsan e'lon qilingan. 6 nafar xodim ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi besamar uchrashuv, Turkiya Suriyaga qurol beradi – hafta dayjesti
Jahon | 20:52 / 17.08.2025
O‘zbekistonda Starlink interneti 2026 yilda ishga tushishi kutilmoqda
Fan-texnika | 20:07 / 17.08.2025
Putinning talablari va takliflari haqida hozirgacha nimalar ma’lum?
Jahon | 16:00 / 17.08.2025
Orzu ortidagi dard: Koreyaga kelin bo‘lgan o‘zbek qizlari qismati
Ayollar dunyosi | 14:47 / 17.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy va Hindiston xavfsizlik yo‘nalishidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi
Jahon | 01:22
-
“Putin yaqin ikki hafta ichida Zelenskiy bilan shaxsan uchrashishga va’da berdi” – Oq uy
Jahon | 01:11
-
Noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan brakonerlar qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 00:33
-
Tramp: Putin o‘zini yaxshi tutishiga umid qilaman, aks holda vaziyat og‘irlashadi
Jahon | 00:03
Mavzuga oid

13:52 / 03.05.2025
“Ruhiy bosim o‘tkazgan” - Samarqandda o‘quvchilarni qattiq koyigan o‘qituvchi intizomiy jazo oldi

18:07 / 26.08.2023
Navoiyda 4 ta hudud hokimi intizomiy jazoga tortildi

18:27 / 06.03.2023
Navoiyda bitta, Buxoroda esa uchta tuman hokimi intizomiy jazoga tortildi

18:29 / 17.02.2023