Bolgariyada 14 noyabrda ötgan muddatdan oldin parlament saylovlarida ğalaba qozongan “Özgarişlarni davom ettiramiz” koalitsiyasi yetakçilaridan biri, 41 yoşli Kiril Petkov mamlakatning yangi boş vaziri etib saylandi. Uning nomzodini parlamentdagi ovoz berişda 134 deputat qöllab-quvvatladi, 104 deputat qarşi çiqdi. 

Parlament Petkovni yangi boş vazir etib saylagandan keyin u taklif qilgan hukumat tarkibini ham qöllab-quvvatlagan. Hukumatda 10ta vazirlik lavozimini “Özgarişlarni davom ettiramiz” koalitsiyasi, 4ta lavozimni Bolgariya sotsialistik partiyasi va “Şunday xalq bor” partiyasi, yana 3ta lavozimni “Demokratik Bolgariya” koalitsiyasi vakillari egallaydi.