Avvalo, şuni ta’kidlaş kerakki, biz mamlakatimiz yangilaniş davriga qadam qöygan birinçi kunlardan boşlab oçiq, pragmatik va amaliy taşqi siyosat yuritiş, dunyodagi barça taraqqiyparvar mamlakatlar, ayniqsa, qöşni davlatlar bilan yaqin döstlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaşga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz.
Özbekiston bugun özining uzoqni közlagan siyosati bilan mintaqamiz va jahondagi siyosiy jarayonlarning faol iştirokçisiga aylandi.
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş, söz va diniy e’tiqod erkinligi, gender tenglik böyiça erişayotgan yutuqlarimiz nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda izçil mustahkamlanib bormoqda. Özbekiston XDPning ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kişilar manfaatlarini himoya qilişga bel boğlagani uning mamlakat siyosiy kuçlari söl qanoti bölişini belgilaydi. Ijtimoiy sohani rivojlantiriş böyiça kompleks tadbirlar, birinçi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiliş va soğliğini saqlaşni kuçaytiriş, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlaş, fuqarolarning bandligi va real daromadlarini oşiriş, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilişini kengaytiriş, nogironligi bölgan şaxslarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga qaratilmoqda.
Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Özbekistonning mustaqilligini asraş va mustahkamlaş, vatanimizning gullab-yaşnaşini ta’minlaş, mamlakatda fuqarolik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, har bir oila va butun xalq farovonligiga erişiş kabi umummilliy manfaatlarni öz mafkurasi va siyosiy faoliyatining poydevori, deb biladi.
Ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yönalişlaridan biri bölib qolmoqda. Ijtimoiy qöllab-quvvatlaşning aniq manzilli xususiyatga ega ekani har bir muhtoj insonga uning real ehtiyojini hisobga olgan holda yordam körsatiş imkonini bermoqda. Bunda uşbu toifaga mansub heç bir inson e’tibordan çetda qolmasligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Şu asosda jamiyatimizning ijtimoiy manzarasi butunlay özgarmoqda, samarali boşqaruvning natijadorligi oşmoqda, eng muhimi, odamlarning hayotga, mehnatga, özining taqdiri va ertangi kunga işonçi ortmoqda. Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etişning mutlaqo yangi va öziga xos tizimi yaratildi. Keyingi paytda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoşlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” işlaş usullari aynan şu maqsadda joriy etilmoqda. Şu asosda muammoga oid mavhum körsatkiçlar emas, balki yordam va kömakka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoşlarning muammolari öz joyida aniq örganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda. Bugungi kunda xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oşiriş, buning uçun yangi iş örinlari, daromad manbalarini yaratiş, kambağallikni qisqartiriş, qişloq va şaharlarimizni obod qiliş iqtisodiy strategiyamizning eng muhim yönalişlaridan biri bölib qolmoqda. Keksalar, nogironlar, oğir ahvolga tuşib qolgan insonlarni qöllab-quvvatlaş, ularga mehr va muruvvat körsatiş kabi ezgu an’analar bugungi kunda yangiça ma’no-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib, takomillaşib bormoqda. Bu borada, ayniqsa, “Obod qişloq”, “Obod mahalla”, “Beş muhim taşabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoşlar – kelajagimiz” kabi dasturlar öz ijobiy natijasini bermoqda. Birgina “Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda barça şahar va tumanlardagi jami 8 mingga yaqin qişloq va mahallada quriliş, ta’mirlaş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda.












