Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi atmosferadagi karbonat angidrid CO2 gazidan raketa yonilğisi oliş böyiça yangi loyihani işga tuşiradi. Bu haqda Maskning özi Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“SpaceX atmosferadan karbonat angidrid olib, uni raketa yonilğisiga aylantiriş böyiça dasturni işga tuşirmoqda. Agar sizga qiziq bölsa, bizga qöşiling”, deb yozgan tadbirkor.
U loyiha Marsga parvozlarni amalga oşiriş va uni zabt etişda muhim ekanini ma’lum qilgan. Hozirda kompaniya Oy va Marsga odamlar hamda yuklarni yetkazişga möljallangan Starship sayyoralararo fazoviy kemasining birinçi orbital parvoziga tayyorgarlik körmoqda. Bundan taşqari, Qizil sayyora atmosferasining 96 foizi aynan karbonat angidriddan iborat.
Biroq Mask CO2’ni qanday qilib yonilğiga aylantirmoqçiligiga aniqlik kiritmagan. Şuningdek, loyihaga qaçon start berilişi, gazni yonilğiga aylantiriş texnologiyasi hozirda yaratilgani yoki yöqligi noma’lum.
Ta’kidlaş joiz, atmosferada karbonat angidrid miqdorining köpligi hozirda iqlim özgarişi masalasidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Çunki aynan uşbu gaz issiqxona effektini keltirib çiqaradi. CO2 atmosferaga asosan kömir yoqilişi oqibatida tuşadi.
Joriy yil boşida Mask atmosferani karbonat angidriddan tozalaş böyiça eng yaxşi texnologiya mualliflariga 100 mln dollar tölaşga va’da bergandi.












