Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni Rossiya va Eron, Ozarboyjonni öz anklavi - Naxiçevan avtonom respublikasi bilan boğlaydigan temiryöl qurişga kelişib oldi.

«Bryusseldagi uçraşuvda Yerasx—Julfa—Ordubad—Megri—Qoradiz temir yölini qurişga kelişib oldik. Armaniston bu temiryöl orqali Eron va Rossiyaga, Ozarboyjon Naxiçevanga çiqa oladi»,— dedi Paşinyan.

Uning sözlariga köra, agarda Turkiya bilan ham kelişa olinsa, uşbu loyiha yanada kengayadi.

Ötgan yili Aliyev Ozarboyjon va Turkiya örtasida transport yölagini taşkil etiş rejasi haqida gapirgan, mazkur yölak Armaniston orqali ötişini aytgandi.

Noyabr oxirlarida Paşinyan va Aliyev Soçida muloqot ötkazdi va çegara delimitatsiyasi borasida ikki tomonlama komissiya tuzişga kelişib oldi.