Xalqaro press-klubning 2 dekabr kuni bölib ötgan sessiyasida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov Toşkent şahar hokimligi fuqarodan Mercedes-Benz S500 avtomobilini sovğa sifatida qabul qilganiga töxtalib, qonunçilikda bu masala oçiq qolganini ta'kidladi.
“Jamoatçilik vakillari va blogerlar tomonidan bu masala kötarilayotgani – korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça idoralarga signal. Afsuski, oxirgi paytlarda haqiqatan ham ayrim davlat xizmatçilari, ayniqsa, mahalliy davlat hokimiyati idoralari tomonidan mana şunday dabdabaga beriliş yoki bölmasa qaysidir homiylar orqali yoxud homiylik niqobi ostida qanaqadir qurilişlarni amalga oşiriş, xizmatlarni körsatiş holatlari ham kuzatilyapti. Albatta, bularning barçasida ham ğaraz niyatlar, maqsad bölmasligi mumkin. Lekin ayrimlarida afsuski şunaqa holatlar ham bor.
Tan olib aytiş kerak, Özbekistonda mana şu masala oçiq qolgan. Ya'ni sovğa siyosati, davlat xizmatida sovğalarni oliş-beriş, homiylik masalasi, eng köp kötariladigani bu – davlat xizmatida manfaatlar töqnaşuvi masalasi. Bu ham işga qabul qilişdagi, mansab pillapoyalaridan kötarilişdagi yoki bölmasa xaridlarni amalga oşirişdagi manfaatlar töqnaşuvini köp köryapmiz.
Bir narsani alohida ta'kidlamoqçimanki, bu masala davlat rahbarining alohida diqqat-markaziga tuşdi va biz davlat rahbaridan bu masalalarni keskin tartibga soliş böyiça aniq topşiriq oldik. Bu böyiça dastlabki natijalarimiz bor. Ya'ni hozir işlab çiqilayotgan “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonunga sovğa siyosati deb nomlangan alohida bob kiritilmoqda. Unda davlat xizmatçilariga beriladigan sovğalarning miqdori belgilanmoqda, umuman, bu jarayon tartibga solinmoqda.
Ikkinçisi, manfaatlar töqnaşuvi. Kuni keça işlab çiqib, jamoatçilik muhokamasiga qöydik bu masalani. Ya'ni davlat xizmatiga qabul qilişda qarindoş-uruğçilik, nepotizmning oldini oliş, Mehnat qonunçiligi va boşqa qonun hujjatlarini özgartiriş, eng muhimi, bunga yöl qöyganlik uçun javobgarlikni belgilaş masalasi ham qöyilyapti.
Yaqinda Yevropada xizmat safarida böldik. Xorijiy hamkorlarimiz bilan Germaniya tajribasi asosida Özbekistonda aynan davlat xizmatçilariga, umuman, davlat xizmatida homiylik masalasini tartibga soliş ham kun tartibida turibdi. Ya'ni bugun jamoatçilik buni kötardi va eng muhimi bunga javob beradigan, reaksiya qiladigan taraf borligi, siyosiy iroda borligini alohida ta'kidlamoqçiman. Öylaymanki, bu masala yaqin kunlarda tartibga solinadi, qonunçilikdagi böşliq töldiriladi”, deb aytgan agentlik rahbari.











