BAAning eng badavlat biznesmenlaridan biri Majid Al Futtaym vafot etdi. Bu haqda BAA boş vaziri Muhammad ibn Raşid Ol Maqtum ma’lum qildi.
Futtaymning ölimi sababi va yoşi ma’lum qilinmayapti, deb yozadi Forbes USA.
Futtaym 1992 yilda Majid Al Futtaim Holding (MAF) çakana savdo va köngiloçar maskanlar holdingiga asos solgan. Holding 13 mehmonxona va 29 savdo markazi, xususan, Dubaydagi Mall of the Emirates va Qohiradagi Mall of Egypt savdo markazlariga egalik qiladi.
Forbes USA ma’lumotlariga köra, Majid Al Futtaym 2021 yilda dunyodagi eng boy arab milliarderlari röyxatida yuqori uçtalikka kirgan. Uning oilasi boyligi 4,3 mlrd dollar deb baholangan.












