Huquq himoyachilari Erondagi sud tizimini ayollarga nisbatan diskriminatsion deb hisoblashadi

Eronda amalda bo‘lgan «qasos qonuni»ga ko‘ra, qotillikdan keyin qurbonning oilasi qotilni kechirmasa yoki undan tovon pulini qabul qilmasa, yana bir hayotni olish kerakligini anglatadi. Amaliyotda esa bu oiladagi zo‘ravonlik kabi yumshatuvchi holatlar sud tomonidan e’tiborga olinmasligini anglatadi.

Eronda o‘lim jazosi qo‘llanishini kuzatuvchi, Osloda joylashgan Iran Human Righs nodavlat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘z erini o‘ldirgani uchun 27 oktyabrda dorga osilgan Syuzan Rezaypurning turmush o‘rtog‘i uning tog‘avachchasi ham bo‘lgan.

Ayol olti yil qamoqda o‘tirdi va qurbonning yaqin qarindoshlari, jumladan, ayolning ona tomonidan tog‘asi uni kechirishga rozi bo‘lmagani uchun qatl etildi.

Sudda Syuzan Rezaypur qotillik sodir etilgan kuni eri qattiq mast holatida bo‘lgani, uni chidab bo‘lmas darajada kaltaklaganini aytgan.

«O‘zimni himoya qilmoqchi bo‘ldim»

«Qatl etilgan ayollar sonining o‘sishi jiddiy xavotir uyg‘otadi», deydi Iran Human Righs direktori Mahmud Amiriy Moghaddam.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, faqat shu yilning o‘zida kamida 15 nafar, 2010 yildan beri esa kamida 170 nafar ayol qatl etilgan.

Eronda turmush o‘rtog‘i yoki sherigini o‘ldirish jinoyat holatlari hisobga olinmasdan, avtomatik tarzda o‘lim jazosini anglatadi

Mahmud Amiriy Moghaddamning aytishicha, «kesas» xalqaro huquqqa mos kelmaydi, chunki sud qotil oilasi ko‘rsatmalarini hisobga olishi kerak bo‘lsa-da, jazo to‘g‘risidagi qaror qabul qilish huquqini qurbonning oilasiga beradi.

Eng shov-shuvli ishlardan biri 26 yoshli Rayhona Jabboriyning qatl etilishi bo‘lgan. Qiz o‘zini zo‘rlashga uringan sobiq razvedka xodimini o‘ldirishda ayblangan. U 2014 yil oktabr oyida dorga osilgan.

Rayhona Jabboriy ayblovga iqror bo‘lish uchun qiynoqqa solinganini aytgan. Jabrlanuvchining oilasi agar u o‘zini himoya qilish uchun harakat qilgani to‘g‘risidagi gaplaridan voz kechmasa, o‘lishi kerakligini ta’kidlagan.