Toşkent yoşlar forumida Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev va adliya vaziri Ruslanbek Davletov ijtimoiy tarmoqlar bloklanişiga şaxsiy munosabatini bildirdi.

«TikTok bir platforma, u yerda turli kontent bor. Hamma öziga kerakli kontentni oladi.

Ming afsuski, taqiq qöygan odamlar kerakmas kontentlarga kirgani körinib turibdi. Agar kerakli kontentlarga kirilsa, platformaning heç qanday zarari yöq, deb öylayman. Mening fikrimça, tağin bilmadim», dedi hokim.

Adliya vaziri ham TikTok va Twitter bloklanişiga öz munosabatini bildirdi.

«Çeklovlar köpayib ketdi degani, çeklovlar bölmasligi kerak degani emas. U har doim maqbul darajada bölişi kerak va özining sohasiga qarab, qonunga qarab bölişi lozim.

Ijtimoiy tarmoqlarga keladigan bölsak, men axborot almaşinuvida erkinlik tarafdoriman. Bugungi zamonda axborotni heç qaçon çeklab, uning ustiga ötirib, jilovlay olmaysiz. Heç qaçon qilolmaysiz.

Tarix ham bunga guvoh. Gutenberg 1445 yilda bosma dastgohni kaşf qilgan, şu orqali köpçilik millatlarning savodi çiqqan. Usmoniylar imperiyasi esa bundan qörqib, XVIII-XIX asrgaça Gutenbergning dastgohini mamlakatga kiritmagan. Bu esa millatning savod böyiça qoloq bölişiga olib kelgan. Buning orqasidan sanoat, işlab çiqariş va raqobat Yevropada keskin rivojlanib ketdi va ular har tomonlama ösişga erişdi», dedi vazir.

Şuningdek, u noqonuniy kontent haqida ham fikr bildirdi.

«Axborot almaşinuvi doim bölişi kerak, bu bilimni kuçaytiradi. Ammo noqonuniy kontent har doim böladi. Noqonuniy kontent nima? Bu terrorizmga boşlovçi çorlovlar, diniy adovat qözğatuvçi, pornografiya yoki zöravonlik haqidagi materiallar.

Rivojlangan davlatlarda bularning barçasi qonun bilan tartibga solingan. Qonun bilan işlasak, yanglişmaymiz. Axloqqa qaraydigan bölsak, biz köp millatli mamlakatmiz, şu sababli hamma bir xil axloqiy standartga qarab yaşamaydi. Kiyinişimiz, yuriş-turişimiz, yeydigan va hatto içadigan içimligimiz ham boşqaça», degan u.

Eslatib ötamiz, poytaxt hokimi 2020 yili bölib ötgan Toşkent yoşlar forumida «TikTokerlar»ni çeklaş emas, ularga imkoniyat beriş kerakligini