Özbekistonda TikTok blokdan oçilganiga doir xabarlar tarqaldi. Kun.uz xodimlari ham buni öz telefonlarida tekşirib, ilova VPN'siz işlay boşlaganini tasdiqladi.

Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqning veb-versiyasiga kompyuter orqali töğridan töğri kiriş imkoniyati hali ham yopiq.

TikTok hamon Davlat personallaştiriş markazi yuritadigan “Şaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestri”da turibdi.

Kun.uz bilan gaplaşgan DPM mas’uliga köra, markazda internet platformalarni blokdan çiqariş va blokka oliş vakolati yöq.

“Bizda faqat «buzğunçilar» röyxati turadi, xolos. Bu “Özkomnazorat” vakolatidagi masala”, – deya izoh berdi markaz rasmiysi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi matbuot kotibi Şerzod Ahmadov agar TikTok reyestrda turgan bölsa, demak, u blokdan yeçilmagan bölişini ma’lum qildi.

Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi (“Özkomnazorat”) ham deyarli şunday javob berdi.

“Agar TikTok “Şaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestri”da turgan bölsa, demak, u blokdan yeçilmagan. Bizda TikTok böyiça çeklov yeçilişi haqida heç qanday ma’lumot yöq”, – dedi Kun.uz bilan gaplaşgan “Özkomnazorat” matbuot kotibi Akbar Siddiqov.

Eslatib ötamiz, TikTok – Özbekistondagi faoliyati çeklangan 5ta internet platformasidan biri. “Özkomnazorat” 2 iyuldan boşlab TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga çeklov qöygandi.

Çeklovga mazkur tarmoqlar Özbekiston fuqarolarining şaxsiga oid ma’lumotlarni Özbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlamayotgani sabab bölmoqda. Şu yil 16 apreldan kuçga kirgan qonunda şunday talab belgilangan.