Mirror naşri Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In oxirgi vaqtda juda oriqlab ketganini ma’lum qildi. Jumladan, u otasi, mamlakatning sobiq yetakçisi Kim Çen Ir vafotining 10 yilligi munosabati bilan poytaxt Pxenyanda ötgan tadbirda “bemajol” holda suratga olingan. 

OAVda ta’kidlanişiça, suratlarda u toliqqan körinişda bölgan.

Mirror’ning ma’lum qilişiça, 2021 yil davomida Kim Çen In omma oldida kam köringan. Şu sababli uning betobligi haqida gaplar tarqalgandi.

Avvalroq şimoliy koreyaliklarga Kim Çen Ir vafotining 10 yilligi munosabati bilan motam tutiş buyurilgani ma’lum qilingandi. Jumladan, ularga 11 kun davomida kuliş, yaxşi kayfiyatda yuriş, spirtli içimliklar iste’mol qiliş, oilaviy tantanalar ötkaziş taqiqlab qöyilgan.