Hukumatning 21 dekabr kungi 764-son qarori bilan Tohir Olimjonoviç Nazarov Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori sifatida iş boşladi.

Tohir Nazarov şu vaqtga qadar Fuqaro aviatsiyasi agentligining Sertifikatlaş va parvoz xavfsizligini nazorat qiliş boşqarmasi boşliği sifatida mehnat qilgan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston Parvozlar xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği bölib işlagan Tolib Öljayev 2019 yilda “Özaviatsiya” agentligi direktori etib tayinlangandi.

Fuqaro aviatsiyasi agentligi prezidentning 2019 yil 1 fevraldagi PF–5647-son farmoni bilan qayta taşkil etilgan holda Transport vazirligiga ötkazilgan.

Havo hududidan foydalanuvçilarning Özbekiston havo hududidan xavfsiz foydalanişi, parvozlar insonlar soğliği va hayotiga, atrof-muhitga hamda davlat manfaatlariga xavf solmagan holda amalga oşirilişini ta’minlaş, öz vakolatlari doirasida havoda harakatlanişga xizmat körsatiş taşkil etilişini va Özbekiston havo hududidan foydalanişni nazorat qiliş agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.