2022 yilda Sirdaryo viloyatida qurilişlar ustidan qat’iy nazorat örnatiladi. Xususan, davlat dasturlarini şakllantiriş va quriliş pudrat işlarini amalga oşirişdan loyihalarni işga tuşirişgaça bölgan jarayonlarni sifatli taşkil etiş böyiça mas’uliyatni sektor rahbarlari, hokimlar, quriliş taşkilotlari öz zimmasiga oladi va jamoatçilik nazorati örnatiladi. Jamoatçilik fikri örganiladi. Har bir qilinayotgan iş metrlab, tiyinlab, xalqning puli ekanligini, halollik va adolat tuşunçasini unutmaslik lozim.
«Öylaymanki, hozir bu yerda ötirganlar, tuman (şahar) studiyalarida ötirganlar va ayniqsa quruvçilar buni yaxşi örganişadi. Çunki keyingi yilda amalga oşiriladigan işlarni bugundan boşlab örganmasak qurilişlarimiz ortga suriladi. Tenderlarni tezlatiş, ijtimoiy obekt böladimi, köça yoki suv ta’minoti böladimi hammasini bugundan örganişni boşlaş kerak», dedi Ğofurjon Mirzayev.
Tasdiqlangan loyihalarga özboşimçalik bilan özgartiriş kiritilmasligi ustidan qat’iy nazorat örnatiladi. Sektor rahbarlari tomonidan tegişli hududlarda loyihalarning amalga oşirilişi holati yuzasidan har oyda xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlariga hisobot kiritib boriladi.
Kelgusi yilda «Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturiga kiritiladigan hududlar hozirdan xatlovdan ötkaziladi. Ertaga «Mana bu köça qolib ketgan ekan», «Mana bu mahallaga suv olib kiriş qolib ketgan ekan», «Mana bu köçaga simyoğoç örnatilmagan ekan» degan gap bölmaydi.
Şuningdek, viloyat hokimi öz nutqida viloyat hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi faoliyatini tanqid qildi. Ijtimoiy obektlar qurilişi keçikayotganligi va sifatsiz qurilayotganligida litsenziyasiz quruvçilar va mavsumiy işçilardan, boşqa kompaniyalarning texnikasidan foydalanilgani sabab bölgani haqida aytib ötdi.












