“Mirzo Uluğbek” MFY hududidagi çiqindizor obodonlaştirilgan mahalla körkini buzib turgan edi.
Mahalla raisi Abduqahhor Qurbonov çiqinxonaga aylangan joy avvalroq tozalangani, lekin odamlarning özlari u yerga yana çiqindi taşlab, şu holga keltirib qöyayotganini aytgandi.

“Yana bir muammo – öşa yer Qibray tumani bilan tutaş joy va öşa tumandagilar quriliş çiqindisini tökib ketayotgan holatlar bor. Çiqindini MSP – çiqindi yiğiş punkti qabul qilmaydi, şuning uçun köçaga taşlab ketişadi”, – deya ta’kidlagandi mahalla raisi.
Mirzo Uluğbek tumani hokimligi aholi vakillarini tozalangan hududni toza saqlaşga çaqirdi.
“Kun.uz sayti orqali “Mahalladagi çiqindizor va betonlangan daraxtlar – Abgor manzillar” sarlavhasi ostida Mirzo Uluğbek tumani Uluğbek şaharçasi manzili tanqid ostiga olingan edi.
Uşbu manzilda bugun obodonlaştiriş işlari olib borildi va hududdagi çiqindilar bartaraf etilganini ma’lum qilamiz. Şu örinda aholidan uşbu joyga turli xil çiqindilarni taşlamasliklarini va hudud obodligi uçun ular ham mas’ul ekanligini ta’kidlab ötmoqçimiz.
Aynan şu manzilda piyodalar yölagida joylaşgan yoritiş çiroqlari “beton” simyoğoçning sinişi aholi uçun jiddiy xavf solişi mumkinligini inobatga olib tegişli taşkilot tomonidan tez orada bartaraf etilişini ma’lum qilamiz”, – deyiladi tuman hokimligi axborot xizmati xabarida.
Ayni paytda maqolada yoritilgan ikkinçi manzil – Qorasuv kanalining Yaşnobod tumani hududidan ötgan qismida daraxtlar osti betonlab taşlangani böyiça mas’ullar izoh berganiça yöq.

















