Germaniya 2021 yil oxirigaça mamlakatdagi AESlarning yarmini yopişni möljallamoqda, deb xabar berdi Bloomberg agentligi.
Grohnde, Gundremmingen C va Brokdorf AESlarining yopilişi Germaniyaning yadroviy energetikadan voz keçiş rejasining bir qismi hisoblanadi.
Mamlakatda faoliyat körsatadigan uçta AES qoladi, ammo ular ham 2022 yil oxirigaça yopiladi.
2011 yilda Yaponiyaning Fukusima AESidagi halokatdan söng Angela Merkel hukumati atom energiyasidan foydalanişdan voz keçişga va’da bergandi.
Bu yil Germaniyada qayta tiklanadigan energiya manbalarining uluşi pasayib ketdi, deb ma’lum qildi mamlakat atrof-muhitni muhofaza qiliş federal agentligi.
"Joriy yilning birinçi çoragida şamol juda kam esdi, quyoş esa ötgan yilgiga nisbatan kamroq nur soçdi", – deya izoh berdi agentlik.












