Namangan viloyati Çust tumani hokimi Bekzod Hamdamov Davlatoboddagi “Otçopar”da uloq çopiş vaqtida otdan yiqilgan. Bu ma’lumotni Kun.uz’ning bir biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.
Sayt ixtiyoriga uşbu holat aks etgan video ham kelib tuşgan.
Uloq şu yil 12 dekabrda qişloq xöjaligi xodimlari kuni munosabati bilan ötkazilgandi.
Bekzod Hamdamovning otdan yiqilişi viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov ham iştirok etgan aynan öşa uloqda bölgani aytilmoqda.


Manbaning ta’kidlaşiça, tuman hokimi jarrohlik amaliyotini boşidan keçirgan.
Qayd etiş kerakki, Bekzod Hamdamov 12 dekabrdan keyin jamoat joyida köriniş bermagan, 17 dekabr kuni Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi birinçi örinbosari Jamşidbek Bahodirovning 2021 yil yakunlari va 2022 yilgi rejalar böyiça murojaati tinglangan.












