Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarini ikki yillik professional ta’lim tizimini tamomlagan bitiruvçilar uçun uç yillik “spetsialitet” dasturi asosida kadrlar tayyorlaydigan ixtisoslaştirilgan Oliy sport mahorati instituti taşkil qilinmoqda.
Quyidagilar:
a) institutning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- oliy ta’lim sifatiga qöyiladigan xalqaro talablarga muvofiq jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş sohasidagi vazifalarni yuqori darajada bajarişga qodir malakali kadrlar tayyorlaş;
- ilğor xorijiy tajribadan kelib çiqib, sport sohasiga yönaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boriş va ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq qiliş;
- öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, ta’lim va ilmiy izlanişlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etiş maqsadida işlab çiqariş va qayta işlaş sohalaridagi respublika va xorijiy yetakçi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan öquv jarayonlarini joriy qiliş böyiça ilğor xorijiy tajribalarni tatbiq etiş, jismoniy tarbiya va sport sohasi uçun kadrlar tayyorlaş tizimi hamda oçiq axborot-ta’lim muhitini rivojlantirişga kömaklaşiş;
b) institut faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilanadi:
- sport sohasidagi sportçilarni tayyorlaşning zamonaviy innovatsion va ilğor tajribasini inobatga olgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş;
- xalqaro toifadagi Özbekiston sport ustasi, birinçi, ikkinçi va uçinçi sport razryadli, şuningdek, ösmirlar uçun birinçi, ikkinçi va uçinçi sport razryadiga ega sportçilarni tayyorlaş;
- sport ta’lim jarayonini taşkil etişning zamonaviy usullarini keng joriy qiliş, sportçilarni yuqori sport natijalariga erişişlari uçun keng imkoniyatlar yaratiş;
- jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim tizimiga yetakçi xorijiy ta’lim muassasalari tajribasini joriy qiliş;
- sport menejyerlari va sport marketologlarini tayyorlaş;
- ilğor xorijiy tajribadan foydalangan holda sport sohasiga yönaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boriş;
- jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş va modernizatsiya qilişga qaratilgan yangi ta’lim dasturlari hamda öquv maşğulotlari innovatsion şakllarini işlab çiqiş va joriy etiş;












