Andijon davlat universitetining San’atşunoslik fakultetida öqiyotgan 6 nafar talaba Xonobod şahar hokimligining “Aloqa xati”ga asosan şahar köçalaridagi devorlarni suratlar bilan bezatişga yuborilgan. Biroq oğzaki kelişuv asosida iş boşlab, 10 kun mobaynida şahar devorlariga surat çizib çiqqan talabalar mehnat haqini ikki oy ololmay, sarson bölişdi.

6 kişilik talabalar guruhi ön kun davomida şaharning markaziy köçalaridagi devorlarga turli mavzudagi manzaralar aks etgan suratlar çizib, çiroyli holatga keltirişdi. Talabalarning murojaatiga köra, ular iş boşlaşdan oldin öqituvçisi Umrzoq Rustamov guvohligida şahar turizm va sport bölimi xodimi Nodirbek Xalilov bilan har bir beton devor oraliğiga çizilgan tasvir uçun 200 ming sömdan haq tölanişiga kelişgan. Biroq oktabr oyida bajarilgan işga dekabr oyining uçinçi ön kunligiga qadar ham pul tölanmagan.

Talabalar mutasaddiga, universitet rahbarlariga köp bora murojaat qilişgan, biroq foydasi bölmagan.

“Oktabr oyi örtalarida kafedra mudirimiz Baxtiyor Haqberdiyev topşiriği bilan 6 nafar 3-kurs talabalari Xonobod şahriga keldik. Bizni özini turizm va sport işlari böyiça hokim örinbosari deb taniştirgan Nodirbek aka Xalilov kutib oldi. Şundan keyin köçadagi har bir beton-devor konstruksiyani 200 ming sömdan bezatiş va surat çizişga “dogovor” qildik.

Oziq-ovqatimiz va yotoq joyimizni ham hokimlik ta’minlaydigan böldi. 10 kun davomida 58 ta köçadagi beton devorlarni bezab, işni tugatdik. Jami 11,6 million sömlik iş bajardik.

Oktyabrning oxirida mutasaddidan iş haqimizni söradik. Nodirbek aka pulni noyabr oyining boşlarida tayyorlab berişini aytdi. Vaqt ötdi, ammo pulimiz berilmadi. Mutasaddi “Noyabrning öninçisiga pullaringizni beraman” dedi. Noyabr oyida ham natija bölmadi. Dekabr oyi boşida pul kerak bölib yana Nodirbek akaga aloqaga çiqdim. U “Tez kunda qilib beraman”, deya mujmal javob berdi.