“Xalqaro energetika agentligi hisob-kitoblariga köra, “GTL” mahsulotlarini işlab çiqariş 2030 yilga borib 2 barobar ösadi.
“GTL” zavodi mahsulotlaridan xomaşyo sifatida foydalangan holda, yanada yuqori qöşilgan qiymatli yangi turdagi mahsulotlar işlab çiqarişni köpaytiriş böyiça ham rejalarimiz bor.
Jumladan, zavod negizida alkil-benzol, buten va geksen, sintetik moylar, malein angidrid, emulsion qöşimçalar, katalizatorlar kabi mahsulotlar işlab çiqariş böyiça, qiymati 620 million dollar bölgan 6 ta loyiha amalga oşiriladi.
Öz navbatida, bu yarim tayyor mahsulotlar kimyo va maişiy kimyo, tekstil, çarm va mebel, quriliş materiallari va elektrotexnika kabi sohalarda keng qöllaniladi.
Yana bir muhim jihat – zavodda işlab çiqariladigan mahsulotlar jahondagi eng yuqori ekologik talablar, norma va standartlarga töliq javob beradi. Ana şu zavodni işga tuşiriş orqali, biz “yaşil iqtisodiyot” sari yana bir jiddiy qadam qöymoqdamiz.
“GTL” zavodi işlab çiqaradigan yoqilği, boşqa an’anaviy yoqilğilarga nisbatan 40 foiz kam çiqindi va zararli gaz hosil qiladi. Buning hisobidan, yiliga 13,5 ming tonna – şunga e’tibor bering – 13,5 ming tonna zararli gazlarning havoga tarqalişiga yöl qöyilmaydi.
Biz uçun yana bir öta muhim tomoni şundaki, zavod işga tuşganidan keyin, jami 1 ming 300 ta mutaxassis yuqori daromadli, doimiy iş örniga ega böladi.
Meni quvontiradigan yana bir jihat – zavod qurilişida qatnaşgan mutaxassislarning qariyb 80 foizi özimizning mahalliy kadrlar, xususan, yangiça işlaşga çanqoq, azmu şijoatli yoşlarimizdir”, – dedi davlat rahbari öz nutqida.

















