Ma’lum qilinishicha, DXXning Kattaqo‘rg‘on shahar hamda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi A.Sh. “L.S.” MChJ tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilgan 300 million so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari bajarilgani haqidagi dalolatnomani XTB mudiriga tasdiqlatib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











