“Viloyatda 31 mingta xonadonga tegişli 775 gektar aholi tomorqasidan samarali foydalanilmagan. Hisob-kitoblar viloyat böyiça bitta xonadonga töğri keladigan örtaça yer maydoni 5–6 sotixni taşkil etişini körsatdi. Bu körsatkiç Ohangaron tumanida örtaça 10–12 sotix, Böka tumanida örtaça 8–10 sotix, Quyi Çirçiq tumanida örtaça 9–11 sotixni taşkil qiladi. Biroq bu maydonlardan samarali foydalaniş yölga qöyilmagan, tomorqadan daromad oliş past darajada. Bitta xonadonga 10–12 sotix yer töğri kelişi – katta körsatkiç.

Bir marta Bökada 17 sotixdan 50 sotixgaça tomorqasi bor odamlar bilan özim gaplaşdim. Lekin bitta daraxt ekmaganlar bor. Piskentdagi Fayziobod mahallasida yarim gektar tomorqasi bor fuqarolarni kördim. Mevali daraxt eking desam, yanagi yili kartoşka ekaman deydi. Tomorqa çetiga ikki qator daraxt ekib qöyilsa kimga zarar qiladi?

Foto: Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Bitta mahallada fuqarolar tomonidan olib qöyilib, lekin heç narsa ekilmagan yoki qurilmagan 88 gektar yer borligi aniqlandi. Endi uni qaytarib olib, auksionga qöyib sotamiz. Yoki fermer xöjaligi qilib, aholiga 10 sotixgaça taqsimlab bölib beramiz. Mayli, bir vaqtlar şu yerni sotib olganlar ham auksionda qatnaşsin, parametrlari töğri kelsa yutib olsin, bunga qarşiligimiz yöq. Lekin şunça yer böş yotişiga ruxsat bermaymiz”, ta’kidladi Zoyir Mirzayev.

Viloyat hokimi öz murojaatida aholini qiynayotgan asosiy muammolar – elektr, gaz va içimlik suv ta’minotidagi kamçiliklarga ham töxtaldi.