“Xatlov şuni körsatdiki, Toşkent viloyatida ayrim maydonlarda yer köp, ayrim hududlarda esa yer yetişmaydi. 3428ta fermer xöjaligida yer maydonlari 3058 gektarga köp. Ya’ni fermer xöjaligining yeri bor. 50 gektar yerim bor deb aytadi. Borib tepadan ölçanganda 55 gektar, 60 gektar çiqyapti. Ya’ni yer ortiqça.
4523ta holatda esa fermerlarning yerlari 3914 gektarga kam çiqqan. Bu yer sotilgan. Bu yer boşqa odamga berib yuborilgan. Bu böyiça eng köp salbiy holat Piskent va Bekobod tumanlarida aniqlangan. Xususan, Piskent tumanida 260ta xöjalikda yer maydoni 1236 gektarga köp çiqqan bölsa, Bekobod tumanida 257ta fermerda 1239 gektar yer yetmayapti. Ya’ni fermer xöjaligining konturida turgan yer sotib yuborilgan, bugungi kunda bu yerning egasi boşqa, u yerga uy qurgan, noqonuniy boğ qilib olgan”, dedi Zoyir Mirzayev.
Hokim viloyatdagi yer maydonlari raqamlaştirilişi ortida yer ajratiş bilan boğliq köplab qinğirliklar foş bölganini ma’lum qildi.
“Viloyatdagi 902 ta korxona hanuzgaça hokimliklar bilan yer ijara şartnomasi tuzilmasdan faoliyat olib borayotgani aniqlandi. Bundan korxonalar Yangiyöl tumanida 216, Qibrayda 375, Toşkent tumanida 109, Piskentda 62 tani taşkil etadi. [Fermerlarning hokimliklar bilan yerdan foydalaniş böyiça] ijara şartnomasi bölmagandan keyin nima böladi? Qaror ham berilmaydi unga, nima ekiş ham aytilmaydi. Statistikada ham körinmaydi.
Ya’ni fermer davlatning tasarrufidagi yerni özining tomorqasiday işlatyapti, qöpol qilib aytsak. Tomorqa boşqa, u sizga umrbod berilgan. Nima ekasiz, qança daromad qilasiz, özizniki. Lekin bu [ijara şartnomasi tuzilmasdan işlatib kelinayotgan] yer maydonlari davlatniki. Bunga unday munosabatda böliş kerak emas”, dedi Zoyir Mirzayev.
Viloyat rahbari yerdan foydalanişdagi boşboşdoqliklar oqibatida viloyatda 2021 yilda 1409 ta holatda 263 gektar yer maydoni özboşimçalik bilan egallab olingani, noqonuniy qurilişlarga yöl qöyilganini ma’lum qildi. Uning aytişiça, 7214 ta holatda konturlar kesimida 8304 gektar maydon böyiça tafovut bor. Ya’ni fermer xöjaliklari tasarrufidagi yerlar bilan hujjatlar raqamlar örtasida bir-biriga mos emas.
“Men halol tadbirkorlarni hurmat qilaman. Prezidentimizning topşiriqlariga köra, ularni qöllab-quvvatlaymiz, yonida turib berişga tayyormiz. Mana, şahar-tuman hokimlari eşityapti, xatlovda şunaqangi narsalar çiqyaptiki, tadbirkorlik sub’yekti auksionda yer maydonini yutib olganidan keyin yerga oid hujjatlar soxta bölib çiqyapti. Oçiq aytaman: viloyat rahbarlarining imzosigaça soxtalaştirilgan.












