Hindistonning Özbekistondagi elçixonasi harbiy attaşesi polkovnik Nipun Anand hamda Hindiston qurolli kuçlari birlaşgan ştabi vakillari polkovnik Rakeş Şarma va mayor Mudassar Javiad Vani tarkibidagi delegatsiya vakillari kelgusi yilda rejalaştirilayotgan özbek-hind öquv-maşğulotlarini ötkaziş hamda Hindiston harbiy kontingentining mamlakatimizga kelişi bilan boğliq masalalarni muhokama etişdi.
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qöşinlari qömondonligi iştirok etgan mazkur uçraşuvda ikki mamlakat vakillarining qöşimça takliflari e’tiborga olinib, ikki davlat harbiylari iştirokida sport va madaniy tadbirlarni ham taşkil etiş böyiça tavsiyalar rejaga kiritildi.


Şundan keyin mehmonlar «Yangiariq» umumqöşin poligonidagi şaroitlar, ijtimoiy va jangovar tayyorgarlik obektlari, öquv markazining imkoniyatlari hamda rejalaştirilgan hamkorlik maşğulotlarini olib boriş hududi bilan yaqindan tanişdilar.

Navbatdagi özbek-hind harbiy öquv-maşğulotlari tarixdagi uçinçisi bölib, 2019 yilda «Döstlik–2019» taktik öquv-maşğulotlari Özbekistonda, 2021 yilning mart oyida Hindistonning Utarançal ştati, Ranikxet provinsiyasida joylaşgan «Çaubatiya» öquv markazida ötkazilgan edi.












