25 dekabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanidan söng Kun.uz muxbirining quvalik sobiq inspektor bilan boğliq xizmat tekşiruvi natijasi hamda mayor Ahmadjonovning işdan ketgani nima uçun rasman e’lon qilinmayotganiga javoban Farğona viloyati IIB boşliği Doniyor Toşxöjayev audio internetda tarqalgaç, Ahmadjonovni lavozimidan olib, oddiy profilaktika inspektori lavozimiga tayinlaş töğrisida taqdimnoma kiritilganini ma’lum qildi.
“IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi boşliği Baxtiyor Berdialiyev ham bu borada intervyu berdi. Mayor Ahmadjonov mana şu holat sabab işdan olindi. Bundan avval lavozimidan oliş uçun asos bölmagan.
Sobiq profilaktika inspektori Nozimjon Nişonov tomonidan yozib olingan audioyozuv çiqqanidan keyin biz mayor Ahmadjonovni lavozimidan olib, oddiy profilaktika inspektori lavozimiga tayinlaş töğrisida taqdimnoma kiritganmiz. Bu biz uçun jinoiy iş yoki içki işlar idoralaridan haydaş uçun yetarli asos emas. Rahbar bölib turib şunday gaplarni gapirişi, haqorat qilişi, sökişi hammasi.
Lekin şu bilan birga bu jinoyat böladimi, jinoiy tartibga tortadimi yöqmi, xizmat tekşiruvi uçun prokuraturaga berildi. Agar prokuratura mazkur holatda jinoyat alomatlari bor, deb topsa va jinoiy javobgarlikka tortilsa, sud hukmiga asosan biz xodimni içki işlar tizimidan böşatamiz. Hozirda mayor Ahmadjonov Toşloq tuman IIBda profilaktika inspektori bölib işlayapti”, degan Toşxöjayev.
Eslatib ötamiz, Quva tumani Baynalmilal mahallasi profilaktika inspektori lavozimida işlagan, ayni paytda vazifasidan çetlaştirilgan sobiq xodim Nozimjon Nişonov 9 noyabr kuni Facebook orqali içki işlar vaziri Pölat Bobojonov hamda vazirlikning Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi boşliği Muxtor Mirzayevga videomurojaat bilan çiqqandi. Videomurojaatda u mayor Ahmadjonov profilaktika inspektorlarini molxonasi qurilişida işlatgani, ulardan 55 ming sömdan pul yiğib olgani, haydovçilarni jarimaga tortiş böyiça “plan” belgilaganini aytgandi.

Içki işlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi boşliği Baxtiyor Berdialiyev Kun.uz'ga bergan intervyusida xizmat tekşiruvlari davomida Quva tumani içki işlar bölimi rahbarlarining tamagirligi, profilaktika inspektorlarini molxona qurilişida işlatgani bilan boğliq faktlar tasdiğini topmaganini







