Internetda quvalik sobiq profilaktika inspektori Nozimjon Nişonovning navbatdagi videomurojaati tarqaldi. Videoda Quva tumani içki işlar bölimi rahbarlaridan biri unga kurakda turmaydigan sözlar bilan muomalada bölgani, haqorat va tahdid qilgani eşitiladi.

Video muallifi Quva tumani Içki işlar bölimida rahbariyat xodimlar bilan qöpol muomalada bölişi, şaxsiy tarkib oldida haqoratli sözlarni bemalol işlatişini aytib, sözlarini tasdiqlovçi audioyozuvni qöyib eşittiradi.

«Nozimmidi oting? Pulim yöq deyapsanmi, «odoljyeniye» qilib manga. Yigirmata senga öxşagan Nozimni s***b yuboraman, tuşundingmi, qölimdan keladi. Erkatoyligingni uyingdagilarga qilasan, qarindoşlaringga qilasan. Sinfdoşlaringga qilasan. Bu erkatoyligingni man kötarmayman.

Çiyillab qoçvoradigon qivoraman sani bu idoradan. Qoçib umuman körinmaydigon bölib ketasan. Özi sanga öxşagan bitta-ikkita jinni qöylarni ertaga rahbar tayinlansa kirib taklifini beraman. Özi man tölib yotibman. Mana bölinma boşliqlari bor, yomonlaşmas, «realnyy» tasdiqlab beraman. «Realnyy» manavi işni bunaqa-bunaqa qiliş kerak, boşliq, mana bu işni bunaqa qiliş kerak. Manavi ***ni **** kerak deyman. Man «lyuboy xodi»ga işim bilan rahbar bilan yaxşi bölib olaman», deydi audioda gapirgan erkak.

Sobiq inspektor Nozimjon Nişonovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, ovoz egasi Quva tuman IIB boşliği örinbosari mayor Aziz Ahmadjonovdir.

Içki işlar vaziri matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov Nozimjon Nişonovning yangi videomurojaatiga ilova qilingan, jumladan, Quva tumani içki işlar bölimi rahbariyatining xodimlarni haqorat qilgani aks etgan audioyozuvlardan xabardor ekanini ma'lum qildi.

«Bu audioyozuvlardan xabarimiz bor. Taqdim qilingan bizga. Hozirgi vaqtda IIV Şaxsiy xavfsizlik xizmati bu masala böyiça tekşiruv ötkazmoqda. Tegişli xulosa qilinadi va bu holat böyiça albatta jamoatçilikka axborot beriladi», dedi u.

Nozimjon Nişonov yangi videomurojaatida yana bir bor «uçastkavoy»lar zimmasidagi majburiy yuklamalar haqida töxtalib, mas'ullarda agar xohiş bölsa, bemalol bu holatning tagiga yetiş mumkinligini aytgan.