Quva tuman IIB boşliği örinbosari mayor Aziz Ahmadjonov 28 noyabr kuni vazifasidan çetlatilgan. Kun.uz manbasiga köra, u beş kundan beri işga çiqmayapti.
Manbaning ta'kidlaşiça, internetda tarqalgan videomurojaatlarga aloqador barça xodimlarga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda. Bu tekşiruvlar natijasida Quva tumani içki işlar bölimining yana bir neçta mulozimi intizomiy javobgarlikka tortilgan bölişi mumkin.
Sobiq inspektor Quva tuman IIB boşliğining örinbosari ustidan arz qildi
Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov xizmat tekşiruvi yakunlanmagani bois mayor Aziz Ahmadjonov va boşqa mansabdor şaxslarning lavozimidan çetlaştirilganini tasdiqlay olmasligini, tekşiruv yakunlari böyiça rasmiy ma'lumot berilişini ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, Quva tumani Baynalmilal mahallasi profilaktika inspektori lavozimida işlagan, ayni paytda vazifasidan çetlaştirilgan sobiq xodim Nozimjon Nişonov 9 noyabr kuni Facebook orqali içki işlar vaziri Pölat Bobojonov hamda vazirlikning Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi boşliği Muxtor Mirzayevga videomurojaat bilan çiqqandi.
Murojaatda Quva tumani IIB boşliği örinbosari Aziz Ahmadjonovga nisbatan qator ayblovlar yangragan.
Vazirga arznomalar: Sobiq inspektorlar dalillari borligini aytmoqda
Nozimjon Nişonovga köra, profilaktika inspektorlari har kuni beş kişiga jarima yozişga majburlanadi, ba'zi vaqtlarda har bir xodimdan 55 ming sömdan yiğib olinadi.
Uning aytişiça, Ahmadjonov qariyb 100 boş qoramol uçun möljallangan molxona qurilişida profilaktika inspektorlarini işlatgan, har bir xodimga qaysidir quriliş materialini olib keliş böyiça soliq solgan, yöriğiga yurmagan “uçastkavoy”larni şaxsiy tarkib oldida tahqirlovçi sözlar bilan kamsitib, haqorat qilib kelgan

















