Forumning ramziy yakuni Andijon şahridagi “Yoşlar markazi”da bölib ötdi. Unda Yoşlar işlari agentligi viloyat boşqarmasi boşliği Oybek Yöldoşev hamda viloyat hokimligi mutasaddisi Elyorbek Xolmirzayev yoşlarni qutladilar. Tadbir davomida forum sovrindorlari va faol iştirokçilar munosib ravişda taqdirlandi.



Aytiş joizki, forum doirasida taşkil etilgan «Munozara» debat musobaqasining respublika bosqiçida andijonlik yoşlar 1-örinni qölga kiritişdi. “Uloq- köpkari” musobaqasining respublika bosqiçida ham Andijon vakillariga 1-örin nasib etdi. Şuningdek, “Street workout” sport musobaqasining respublika bosqiçida andijonlik Zufarbek Jaloliddinov 1-örin sohibi böldi.


Yana bir yutuq Toşkent şahridagi Yoşlar ijod saroyida ötkazilgan “Beş muhim taşabbus: imkoniyat va istiqbollar” iqtidorli yoşlar sessiyasida qölga kiritildi. Unda Muhammad Yusuf ijod maktabi öquvçisi Mohizodabonu Turopova “Yoş tarjimonlar Kengaşini taşkil etiş2 loyihasi bilan iştirok etib, 100 million sömlik grant egasiga aylandi.




Elmurod Ermatov,
Azizbek Ismoilov











