Rossiya IIV 120 ming nafar Tojikiston fuqarosining mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi.
«Hozirda Rossiya tomonidan «amnistiya» qilingan fuqarolar ro‘yxatini taqdim etish ustida ish olib borilmoqda», - deb xabar berdi «Aziya-Plyus» Tojikiston TIV axborot departamentiga asoslanib.
Tojikiston fuqarolari migratsion amnistiyaga tushgani haqida Rossiya IIVning Tojikistondagi vakili Aleksey Yegorov ma’lum qilgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon uchrashuvida tojikistonlik migrantlarning Rossiyada yashashga moslashuvi muhokama qilingani aytilgandi.











