Qayd etilişiça, Şavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Mustaqil davlatlar hamdöstligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Sankt-Peterburgda böladi.

Uçraşuv Rossiya prezidenti Vladimir Putin taşabbusi bilan taşkil etilmoqda. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Qozoğiston birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev qatnaşadi.

Sammitda yetakçilar yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilib, hamkorlikni rivojlantirişning kelgusidagi ustuvor yönalişlari yuzasidan fikr almaşadi.