17-20 dekabr kunlari davlat taşrifi bilan Yaponiyada bölgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg şahriga taşrif buyurdi.

«Pulkovo» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Şavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga a'zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uçraşuvida iştirok etadi. MDH davlatlari yetakçilari köp tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşadi.

Eslatib ötamiz, 2020 yilda Hamdöstlikda Özbekiston Respublikasi raislik qiladi.