Telegram foydalanuvçilari messenjer işidagi uzilişlardan şikoyat qildi. Bu haqda Downdetector saytida ma’lum qilindi.
Uzilişlar Toşkent vaqti bilan soat 22:05 dan söng boşlandi. Foydalanuvçilarning 44 foizi ilova işida muammolar paydo bölgani, 38 foizi xabar jönatib bölmayotgani va 18 foizi serverga ulanişning imkoni yöqligini bildirgan.
Messenjer faoliyatidagi uzilişlar haqida Rossiya, Ukraina, Özbekistondagi foydalanuvçilar ma’lum qilgan.
Şuningdek, Belarus va Polşada ham messenjer işida nosozliklar kuzatilgani aytilmoqda.
Telegram qöllab-quvvatlaş markazi vakili Davronbek Rustamov jamoa mazkur kamçiliklarni bartaraf etiş ustida işlayotganini bildirib, foydalanuvçilarga @TeleUz proksisidan foydalanib turişni tavsiya qilgan.












