Aksilkorrupsiya agentligining ma’lum qilişiça, sörovlarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlat siyosati, agentlik faoliyati  kabi sohaga doir mavzulardan aholining xabardorlik darajasi örganilgan.

Qatnaşçilarning asosiy qismi, ya’ni 82,4 foizi Özbekistonda korrupsiya, tamagirlik va poraxörlik özlari uçun ötkir muammo hisoblanişini aytgan. Şuningdek, 36,2 foiz respondentlar jamiyatdagi korrupsiya, tamagirlik va poraxörlik hamma joyda, 37,2 foizi esa ayrim sohalarda tarqalganini ta’kidlagan.

Foto: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi

Deyarli 70 foiz iştirokçilar OAV tomonidan Özbekistondagi korrupsiya, tamagirlik va poraxörlikka qarşi kuraşiş yetarli darajada yoritilayotganini ta’kidlagan bölsa, 27 foizdan ortiq qatnaşçilar buni rad qilgan.

Aholining korrupsion holatlar va unga qarşi kuraşiş böyiça asosiy ma’lumotlar manbasi Özbekiston telekanallari va internet-resurslar bölib qolmoqda.

Foto: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi

42,7 foiz iştirokçilar Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş yetarli darajada muvaffaqiyatli, deb hisoblagan bölsa, 31,6 foizi bu muvaffaqiyat barça sohada ham emas, deya baholagan. 19,1 foiz respondentlar esa Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşni kam samarali, deya baholagan.

Foto: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi

Şuningdek, qatnaşçilarning 20 foizga yaqini öz hayotida korrupsiya, tamagirlik, poraxörlik bilan boğliq vaziyatga duç kelganini aytgan bölsa, 79,6 foizi buni rad qildi.