Xitoyning “Xuaksin” kompaniyasi vakillari va özbekistonlik tadbirkorlar sement mahsuloti bilan boğliq muammo yuzasidan Kun.uz'ga murojaat qilişdi.
Aytilişiça, “Xuaksin” sementlari yuqori sifatli va dunyo böyiça xaridorgir. Kompaniya Özbekistonga ham sement eksport qilib keladi. Ayni paytda kompaniya mahsuloti respublika bozorida öz örni va mavqeyiga ega. Muammo şundaki, oxirgi paytlarda bozorda “Xuaksin” savdo belgisi ostidagi qalbaki sementlar uçramoqda. Özbekistondagi ustasi farang firibgarlar brend qopini original mahsulotnikiga öxşatib tayyorlab, içiga sifatsiz sement joylab pullaşmoqda.

Kompaniya vakillari uşbu muammoga yeçim topiş maqsadida huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga murojaat qilişgan. Ammo 1 yildirki, firibgarlarga heç qanday çora körilmayapti. Ular soxta sementlarni “original” deb pullaşda davom etmoqda.

Tadbirkor Abbosxon Qurbonovning aytişiça, bundan avvalo xalq jabr köryapti.
“2018 yildan beri “Xuaksin” sementlarini Özbekistonga import qilib kelamiz. Şu paytgaça mahsulotimiz yaxşi sotilayotgan edi. Ammo hozir bizning sementni qalbakilaştirib sotayotgan firibgarlar bozorimizga salbiy ta’sir ötkazmoqda. Ularning mahsuloti tarkibida qum va sifatsiz sement aralaşmasi bor. Buning orqasidan xalq işonçini yöqotyapmiz va savdomiz ham keskin pasaymoqda.
“Xuaksin” savdo belgisi ostida qalbaki sement işlab çiqaruvçi va sotuvçi savdo dökonlariga murojaat qilgan paytimizda ular: “Böldi, bu işimizni boşqa qilmaymiz, töxtatamiz”, deyişdi. Lekin şu vaqtgaça töxtatişmadi. Ular bilan kuraş olib borişga tadbirkorning vakolati yetmas ekan. Qalbaki sementni olib işlatganidan keyin birinçi örinda xalq “kuyyapti”, ikkinçidan, tadbirkor. Bizning ança mehnatimiz zoye bölyapti”, dedi u.

Kompaniyaning Özbekistondagi vakili Fio Gao Tianyong mazkur muammo böyiça öz fikrlarini bildirdi. Uning sözlariga köra, bu kabi vijdonsizlarça qilinayotgan xatti-harakatlar respublikaga sarmoya kiritayotgan xorijiy kompaniyalarning mamlakatdagi tadbirkorlar manfaatlari himoyasiga bölgan işonçini pasaytirişi mumkin.










