Tovar-xomaşyo birjalarida fyuçers savdolarini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • fyuçers savdolarini ötkaziş, tovarlarning bozor narxi şakllanişini ta’minlaş hamda tomonlar örtasida hisob-kitoblarni amalga oşiriş;
  • fyuçers savdolarida iştirok etiş böyiça birja a’zolari va ularning treyderlariga qöyiladigan talablarni belgilaş;
  • mijoz va birja a’zosi örtasidagi munosabatlarni tartibga soliş, şuningdek fyuçers şartnomasi böyiça kliringni amalga oşiriş va şartnomalarning ijrosini ta’minlaş;
  • fyuçers şartnomalarini tuziş va ijrosi bilan boğliq bölgan nizolarni hal etiş;
  • fyuçers savdolari jarayonida narx manipulyatsiyasiga yöl qöymaslik;
  • fyuçers savdolari iştirokçilari ustidan nazoratni amalga oşiriş, qonunçilik hujjatlari talablari buzilgan holatlarda birja a’zolariga nisbatan çoralar köriş.

Avtotransportda yuk taşiş xizmatlari böyiça elektron logistika savdo portali faoliyati töğrisida nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar belgilangan:

  • elektron logistika savdo portalida buyurtmaçilar va yuk taşuvçilarni röyxatdan ötkaziş;
  • yuk taşiş böyiça şartnomalar tuzişni savdolarning şaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan holda amalga oşiriş tartibi;
  • savdolar jarayoni va narxlar manipulyatsiyasini nazorat qiliş hamda yuk taşişlarni monitoring va tahlil qiliş böyiça tegişli davlat organlari bilan axborot almaşinuvini yölga qöyiş;
  • tuzilgan şartnomalar böyiça hisob-kitoblarni oldindan zakalat tölovlarini kiritgan va şartnoma majburiyatlarini bajariş kafolatlarini ta’minlagan holda amalga oşiriş tartibi;
  • şartnoma şartlari böyiça tomonlarning majburiyatlarini belgilaş;
  • insofsiz yuk taşuvçilarni aniqlaş, ularga nisbatan çoralar köriş va elektron logistika portalidan çetlatişni tartibga soliş.

2022 yil 1 yanvardan boşlab ÖzRTXBda fyuçers şartnomalari böyiça savdolar yölga qöyiladi.
 
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tovar-xomaşyo birjalarida tovar derivativlarini, şu jumladan fyuçers savdolarini tartibga soliş sohasida vakolatli organ hisoblanadi.