“Ipak Yöli” banki savdoni moliyalaştiriş dasturi doirasida 2021 yil natijalariga muvofiq Xalqaro Moliya Korporatsiyasi tomonidan “Markaziy Osiyoning eng yaxşi emitent banki” deb topildi. Mukofot 2021 yil 22 dekabr kuni “Ipak Yöli” bankining Boş ofisi binosida Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan topşirildi.

Xalqaro moliya korporatsiyasining uşbu mukofotini oliş “Ipak Yöli” bankining nafaqat Özbekiston bozorida, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi banklar orasida savdoni moliyalaştiriş böyiça sifatli va tezkor xizmat körsatuvçi yetakçi banklardan biri sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlaydi. Şuningdek, Bank “Ipak Yöli” Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan 2020 yil savdoni moliyalaştiriş sohasida hamkorlik töğrisidagi şartnoma imzolanganidan buyon, bunday yuksak natijalarga nisbatan qisqa vaqt içida erişdi.

Xalqaro moliya korporatsiyasi Jahon bankining tarkibiy tuzilmasi bölib, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida barqaror iqtisodiy rivojlanişni ta’minlaş, qaşşoqlikni kamaytiriş, infratuzilmani rivojlantiriş, investitsiyalar va xalqaro moliyalaştiriş imkoniyatlarini ta’minlaş maqsadida 1956 yilda taşkil etilgan.
“Ipak Yöli” banki bundan buyon ham savdoni moliyalaştiriş sohasida, öz innovatsion yeçimlari va har bir mijoz uçun individual yondaşuvni taklif etgan holda, samarali faoliyatini davom ettiradi va öz mijozlarini xizmatlarining sifati, erkinligi va tezkorligi bilan xursand qilib qoladi!
Reklama huquqi asosida
















