Jamoatçilikning keskin e’tirozlaridan söng Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi jonli efirga uzatiladigan böldi.
Quyi palata matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, 14 dekabr kungi navbatdagi majlis «Özbekiston», UzReport TV telekanallari hamda palataning feysbukdagi sahifasi orqali jonli efirga uzatiladi.
Eslatib ötamiz, joriy yil iyun oyida «Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini ta’minlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilingan edi. Farmonda MTRK va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga 2021 yil 1 dekabrdan boşlab Qonunçilik palatasi va Senat majlislari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşi sessiyalarining telekanallar va internet tarmoği orqali jonli efirga uzatilişini ta’minlaş vazifasi yuklangan.
Lekin şunga qaramasdan, Milliy teleradiokompaniya prezident farmoniga zid ravişda 1 dekabrdan buyon 3 marotaba Qonunçilik palatasi majlislarini efirga uzatiş böyiça öziga yuklatilgan vazifalarni bajarmadi. Şuningdek, bu böyiça izoh ham berib ötirmadi.

Xususan, 10 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisidan jonli efir bor-yöği 48 daqiqa davom etdi xolos. Deputatlar muhim qonun loyihalari muhokamasi va amaldorlarning eşituvini doimgidek «pardalar ortida» ötkazişdi.
7 dekabr kuni esa Qonunçilik palatasidagi «Hukumat soati» ham prezident farmoniga zid ravişda jonli efirga uzatilmagandi. Palata matbuot xizmati prezident farmonini «aylanib ötib», Telegram'dagi yozma translatsiya ham jarayonni jonli yoritiş deb hisoblanişini bildirdi

















