2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, majburiy ijro organlarining funksiyalarini xatlovdan o‘tkazish va ayrimlarini xususiy sektorga o‘tkazish mo‘ljallangan.
Ijro ishini yuritish tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ham nazarda tutilmoqda.
Xorijiy davlatlardagi sud organlari tomonidan chiqarilgan hukm va qarorlarni tan olish va ijro etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi.
Bunda, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari kengaytiriladi. Protsessual qonunchilikka tegishli xalqaro huquq normalari implementatsiya qilinadi.











