2022 yil 1 yanvardan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligiga raislik Belarusdan Qozoğistonga ötdi. 

Qozoğiston oxirgi marta 2015 yilda MDH organlariga raislik qilgandi.

Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollaştiriş va östirişni MDH mamlakatlari oldida turgan asosiy vazifa deb atadi.

U şuningdek, umumiy agrar bozorini şakllantirişni dolzarb deb hisoblamoqda. Töqayevning sözlariga köra, MDH davlatlari oziq-ovqat tizimlarini rivojlantiriş va özaro hamkorlik qiliş strategiyasini işlab çiqiş barça uçun manfaatli böladi.

2022 yil mayda Nur-Sultonda MDH davlatlari hukumat rahbarlari, oktyabrda esa MDH mamlakatlari rahbarlari uçraşuvi bölib ötişi kutilmoqda.

MDHni tuziş töğrisidagi deklaratsiya 1991 yil dekabrda Olmaotada imzolangan.