Qayd etilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boşlanğiç sinf (1-4-sinf) öquvçilarini bepul ovqat bilan ta’minlaş tizimi joriy etiladi.
Şuningdek, maktab öqituvçilarini belgilangan xalqaro standartlar asosida bilim va könikmalarga ega bölişini ta’minlaş ham közda tutilgan.
Bunda, maktabda faoliyat olib borişi uçun uçun har bir fan böyiça mahalliy yoki xalqaro sertifikatsiya talablari belgilanadi. Toifaga ega bölmagan maktab öqituvçilarini bilim va könikmalari diagnostikadan ötkaziladi.
Umumta’lim maktablarni, ayniqsa, çekka hududlardagi ta’lim maskanlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan töldiriş işlari davom ettiriladi.
Toşkent viloyatini maktab ta’limi islohotlarining namunasiga aylantiriş böyiça alohida dastur amalga oşiriladi, bunda “Yangi Özbekiston ustozlari” dasturi hayotga joriy etilib, ta’lim sifati past maktablarga boşqa hududlardan eng malakali öqituvçilar işga jalb qilinadi.

















