Sudan boş vaziri Abdulla Hamduk iste’foga çiqdi. Bu haqda siyosatçi yakşanba kuni mamlakat televideniyesi orqali e’lon qildi. Hamduk olti hafta oldin harbiy töntariş yetakçilari bilan kelişuvdan keyin öz vazifasiga qaytgan edi.
Bu lavozimda boşqalarga imkon berişga qaror qilgan Abdulla Hamduk mamlakatda vaziyat önglanişi uçun muzokaralar stoliga ötiriş lozimligini ta’kidladi. 2021 yil 25 oktyabr kuni Sudanda harbiy töntariş amalga oşirilgandi. Oqibatda Abdulla Hamduk uy qamoğiga olinadi. Töntariş yetakçisi general Abdul Fattoh al Burxon bilan noyabrda ötgan muzokaralardan söng boş vazir öz potstiga qaytgandi.
31 dekabr kuni harbiy töntariş yetakçisi general al Burxon mamlakatda haqqoniy saylovlar ötkazilişini aytgandi. Sudanda esa harbiylar yetakçiligidagi yangi hukumat iste’fosini talab qilişyapti. Namoyişçilar Abdulla Hamdukni harbiy töntariş yetakçilari bilan kelişgani uçun davlatga xiyonatda ayblaşgan.












