Qayd etilişiça, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aviatsiya xizmatini taşkil etişga oid normativ hujjat qabul qilinadi.

Bundan taşqari, respublikaning turistik zonalarida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va tezkor bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar tizimlaştiriladi.

“Çorvoq-Çimyon” yirik turistik zonasida ilğor xorijiy tajriba asosida, Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yonğin-qutqaruv bölinmalari negizida ixtisoslaşgan köp tarmoqli boşqarma taşkil etiladi.

Aholini favqulodda vaziyatlarda xabardor qiliş tizimi modernizatsiya qilinadi. Respublikaning olis hududlarini professional va köngilli yonğin-qutqaruv bölinmalari bilan qamrab oliş körsatkiçi yaxşilanadi. 

Qutqaruv kuçlari mavjud bölmagan, xavf manbai yuqori hududlardagi yirik aholi punktlarida yonğin-qutqaruv bölinmalari taşkil etiladi. Mavjud yonğin-qutqaruv bölinmalari zamonaviy texnika va asbob-anjomlar bilan jihozlanadi. 

Yonğin-texnik vositalarini işlab çiqarişga xususiy sektor jalb etiladi. Mahalliy şaroitlarda işlab çiqariş imkoniyatiga ega yonğin-texnik vositalar va işlab çiqaruvçilar röyxati şakllantiriladi. Davlat standartlari asosida xususiy sektorni jalb etgan holda yonğin-texnik vositalarini işlab çiqariş yuzasidan tadqiqotlar yölga qöyiladi.