Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev mamlakatda sodir bölayotgan namoyişlar fonida qozoğistonliklarga murojaat qildi.
Töqayev mamlakat televideniyesi orqali qilgan çiqişida Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi rahbari bölganini e’lon qildi. Uşbu kengaşga 2019 yilda mamlakatning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev butun umrga rahbar bölgandi.
Töqayevning sözlariga köra, Qozoğistondagi namoyişlar ortida «moliyaviy jihatdan motivlarga ega şaxslar» turibdi va ularning bu borada «puxta işlab çiqilgan rejasi» bor.
«Şuning uçun davlat rahbari sifatida bugunning özida Xavfsizlik kengaşi rahbarligini qabul qilaman.
Prezident sifatida men fuqarolarimiz xavfsizligi va tinçligini himoya qilişim, Qozoğiston yaxlitligi haqida qayğurişim şart. Men tomonimdan qabul qilingan çoralar köpmillatli Qozoğistonning farovonligini ta’minlaşga qaratilgan. Biroq hozirça bu çoralar yetarli emas», deydi Töqayev.
U poytaxtni tark etmasligini ma’lum qildi.
«Nima bölişidan qat’i nazar men poytaxtda qolaman. Xalq bilan birga böliş mening konstitutsion burçim. Qozoğiston tarixidagi bu qora çiziqdan birgalikda va kuçliroq bölib çiqamiz. Tez orada siyosiy transformatsiya böyiça takliflar bilan çiqaman. Islohotlarni qöllaş borasida öz pozitsiyamda sobit qolaman», dedi Töqayev.
Töqayev namoyişlar vaqtida politsiyaçilar orasida qurbonlar bölganini bildirdi.
Qozoğiston prezidenti endilikda namoyişlarda sodir etilayotgan qonunbuzarliklarga qarşi maksimal darajada qattiqqöllik bilan harakat qilinişini aytdi.
U tez orada qozoğistonliklarga yangi takliflar bilan yana murojaat qilişi kutilyapti.


















