Daraxtlarning bir qismi kesilib, bir qismi kallaklangaç, xunuk manzara hosil bölgan. Bu iş qaçon va qaysi taşkilot tomonidan sodir etilgani noma’lum. Daraxtlarning şoxlari, ustki qismi kesilgan va ular göyoki simsiz simyoğoçga aylangan.
Bunday çoralar daraxtlarni butunlay öldirişi mumkin. Oqibatda şahar yozda çidab bölmas jazirama hududga aylanadi. Çunki Nukus qurilişlar sabab «sariq şahar»ga aylanib qolmoqda.
Kun.uz vaziyatga oydinlik kiritiş uçun ekspertlarga yuzlandi. Ekolog jurnalist Nargis Qosimovaning aytişiça, daraxtlarga bu tarzda şakl beriş, asta-sekinlik bilan ularni yöq qilişi mumkin.


Sodir bölgan holat yuzasidan Kun.uz muxbiri Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya qömitasini xabardor qildi. Qömita matbuot kotibi Ulbosyn Mirzanazarova mavjud vaziyat örganilib, natijasi haqida rasmiy ma’lumot berilişini ma’lum qildi.



Bundan bir muddat oldin Nukusda noqonuniy ravişda daraxt kesgan fuqaro jarimaga tortilgandi. Oldinroq esa yuqoridagi holatga öxşaş vaziyat Buxoro viloyatida kuzatilgan. Öşanda Buxoro şahri markazidagi daraxtlar «kal» qilib ketilgan.
Şuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri












