Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev respublika hukumatining iste’fosi töğrisidagi farmonni imzoladi, boş vazirning birinçi örinbosari Alixon Smoilov boş vazir vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.

«Qozoğiston Respublikasi hukumatining iste’fosi qabul qilinsin. Qozoğiston Respublikasi boş vaziri vazifasini bajariş vaqtinça Smailov Alixon Asxonoviç zimmasiga yuklansin», — deyiladi farmon matnida. 

Hujjatda hukumat a’zolariga vazirlar mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlanmagunça öz vazifalarini bajarişda davom etiş topşirilgan.

2019 yil 25 fevraldan buyon Qozoğiston hukumatini Asqar Mamin boşqarib kelayotgandi. 

Şuningdek, prezident matbuot xizmatining Twitter’dagi ma’lumotlariga köra, Qozoğiston Respublikasi Milliy xavfsizlik qömitasi raisining birinçi örinbosari etib Töqayev ma’muriyati rahbari örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Murat Nurtleu tayinlangan. 

Avvalroq, Qozoğiston hukumati aholining suyultirilgan gaz narxi kötarilişiga qarşi noroziliklaridan söng narxni tuşirişga rozi böldi.

Ma’lum qilinişiça, hukumat komissiyasi a’zolari Aqtaudagi namoyişçilar bilan uçraşgan va Manğistau oblasti uçun bir litr gaz narxi 50 tenge deb belgilanişini bildirgan.

Manğistau oblastida 2 yanvardan beri aholi suyultirilgan gaz narxi oşirilganiga qarşi norozilik mitinglari ötkazmoqda. Norozilik namoyişlariga Qozoğistonning boşqa şaharlari aholisi ham qöşilgani aytilmoqda.