Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat arxivlari o‘quv zalida ishlash uchun ruxsatnoma berish muddati 3 ish kunidan 1 ish kuniga qisqardi
Davlat arxivlari o‘quv zallarida ishlash uchun ruxsatnoma berish muddati uch ish kunidan 1 ish kuniga qisqarmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zarxiv" agentligi axborot xizmati rahbari Anvar Aliyev ma’lum qildi.
Foto: Getty Images
Qayd etilishicha, 2021 yil 29 dekabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 788-son qaroriga muvofiq, aholiga arxiv xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari qisqartirilmoqda va yig‘im miqdorlarining kamaytirilishi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga yengillik va qulayliklar yaratilmoqda.
Xususan, aholiga qulaylik yaratish maqsadida arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) uchun yig‘im miqdori kamaytirilmoqda, shuningdek, davlat arxivlari o‘quv zallarida ishlash uchun ruxsatnoma berish muddati uch ish kunidan 1 ish kuniga qisqarmoqda.
Shuningdek, davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Mavzuga oid
15:35 / 25.11.2025
2026 yildan arxiv xizmatlari uchun talab etiladigan hujjatlar qisqaradi
12:36 / 25.11.2025
Milliy arxivlarda hujjat harakatiga RFID texnologiyasi joriy etiladi
15:14 / 21.11.2025
Prezident intellektual mulk va arxiv tizimini yangilashni topshirdi
11:57 / 13.11.2025