«Mamlakatning deyarli barça hududlarida konstitutsiyaviy tuzum tiklandi. Mahalliy hokimiyat organlari vaziyatni nazorat qilmoqda. Ammo terrorçilar qurol işlatişda va fuqarolarning mulkiga zarar yetkazişda davom etmoqda. Şu bois aksilterror harakatlar jangarilar töliq yöq qilinmagunça davom etişi kerak», dedi Qosim-Jömart Töqayev.

U Qozoğistonning barça hududlarida konstitutsion tartib örnatilişi kerakligini ta’kidladi.

Yiğilişda içki işlar va mudofaa vazirlari vazifasini bajaruvçi, şuningdek, Milliy xavfsizlik qömitasi raisi hisobot berdi, deyiladi Orda xabarida. 

Ma’lumot uçun, Qozoğistonda 2 yanvar kuni boşlangan namoyişlar 4 yanvarda avj olib, butun mamlakatga tarqaldi, 5 yanvar kuni butun Qozoğiston böylab favqulodda holat e’lon qilindi.

Prezident Qosim-Jömart Töqayev hukumatni iste’foga çiqariş ortidan özi Xavfsizlik kengaşi raisi lavozimida Nazarboyevning örnini egalladi va KXŞTdan yordam söradi.