Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti onlayn sammitida nutq sözladi. Töqayev taşkilotga a’zo davlat rahbarlari iştirokidagi onlayn uçraşuvda Qozoğistondagi voqealarning yangi tafsilotlari haqida ham gapirdi.
«Jangarilar prezident rezidensiyasi atrofida jamlanganini kördik. Bu Qozoğistonga qarşi terroristik uruş oçilganidan dalolat beradi», dedi Töqeav.
Uning aytişiça, qurollangan şaxslar tunda morglarga hujum qilib, halok bölgan şeriklarining jasadini olib ketgan va şu orqali izlarni yaşirgan.
Olmaota nazoratini qaytariş uçun esa KXŞT askarlari yordam bergan.
Qozoğiston prezidenti KXŞT missiyasi mamlakatdagi antiterroristik operatsiyalar tugaşi bilan öz nihoyasiga yetişini ma’lum qildi. Töqayev mamlakat oldida turgan vazifalardan biri – sodir bölgan voqealar terroristik agressiya bölgani va unga tayyorgarlik jarayonini isbotlaş ekanini aytdi.
«Jangarilar bir yerdan turib boşqarilgan. Ular birdaniga 11ta şaharda harakatni boşladi. Olmaota politsiya departamentini qölga oliş uçun ikki keça davomida harakat qilişdi. Jangarilar politsiyaçilarni ayniqsa agressiv tarzda döpposlagan. Ikki nafar harbiy xizmatçining boşini olib taşlaşgan. Bu davlat töntarişiga uriniş böldi.
Jangarilarning maqsadi hukumatni qölga oliş edi. Ular poytaxtga hujum qilişni rejalaştirgan. KXŞT askarlari kelgani Olmaotani jangarilar qölidan tortib olişga yordam berdi. Taşkilot özining qançalik samarali ekanini isbotladi. KXŞT tomonidan 2030 nafar tinçlikparvar kuçlar va 250 ta harbiy texnika Qozoğistonga yuborilgan bölib, ular harbiy obektlar, qurol-yaroğ omborlarini himoya qilişadi. KXŞT askarlari Olmaota şahri, Olmaota viloyati hamda Nur-Sultonda bölib turibdi.
Qozoğistondagi vaziyat bir muddat tahlikali holatga keldi, çunki jangarilar bu vaqtda Olmaota hamda 9 ta hudud markazlarini qölga olişdi. Ular KXŞT askarlari mamlakatga kirganini bilgaç, prezident rezidensiyasini qölga oliş rejasidan qaytişgan.
KXŞT kuçlari Qozoğistonga kirişi qançalik qonuniy ekani haqida ham fikrlar közga taşlandi. Ammo bu insonlarda yetarli ma’lumot va tuşunça yöqligi sabab yuzaga kelgan.
Biz heç qaçon tinç namoyişçilarga qarşi kuç işlatmaganmiz, işlatmaymiz ham. Ba’zilar Qozoğiston tinç namoyişçilar bilan kuraşmoqda, deb aytmoqda, bu – yolğon. Biz terrorçilarga qarşi kuraşdik. Dastlabki tergov harakatlaridan keyin xalqaro hamjamiyat va sudga qöşimça dalillarni taqdim etamiz. Terroristik harakatlarni taşkil qilişga balki bir, ikki yoki uç yil tayyorgarlik körişgandir. Barçasi tergov davomida aniq böladi.


















