Serbiyalik tennisçi Novak Jokoviç yana hibsga olindi va u Avstraliyadan deportatsiya qilinişi rejalaştirilgan, deb xabar berdi Eurosport.
10 yanvar kuni Avstraliya federal sudi Jokoviçning vizasi bekor qilinişi töğrisidagi qarorga nisbatan bergan apellyatsiyasini qanoatlantirgan va uning Melburndagi mehmonxonadan karantindan çiqarilişiga ruxsat bergandi.
«Novakning otasi jurnalistlarga u yana hibsga olingani va sud qaroriga qaramasdan, Avstraliyadan deportatsiya qilişni möljallaşayotganini ma’lum qildi»,— deyiladi Eurosport xabarida.
Tennisçi 17 yanvar kuni boşlanadigan Australian Open turnirida qatnaşişi lozim edi. Jokoviç koronavirusga qarşi emlanmagani sababli pasport nazoratidan öta olmagan.
Avvalroq Avstraliya boş vaziri Skott Morrison Jokoviç koronavirusga qarşi emlanişi mumkin emasligini tasdiqlovçi hujjatni taqdim etmasa, mamlakatdan çiqarib yuborilişini aytgandi.
Novak Jokoviç — Australian Open musobaqasining töqqiz karra va amaldagi ğolibi.

















