Bugungi kunda Özbekistonda internet xizmatidan foydalanuvçilar soni 27,2 milliondan oşgan, şundan mobil internet foydalanuvçilari soni 25,3 million kişini taşkil etmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Şuningdek, joriy yilda Buxoro, Farğona va Toşkent viloyatlarida yirik ma’lumotlarni saqlaş va qayta işlaş markazlari (data center) quriladi.
Respublikada telekommunikatsiya operatorlarining raqamli infratuzilmani rivojlantiriş böyiça olib kiriladigan telekommunikatsiya uskunalari va qurilmalarini, noutbuklarni bojxona tölovlaridan ozod etiş, jalb qilinadigan çet el kreditlari böyiça davlat kafolatini beriş çoralari köriladi.
Bundan taşqari, 2022 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirişning quyidagi asosiy maqsadli körsatkiçlari belgilandi:
- xalqaro ma’lumotlar uzatiş kanalining ötkazuvçanlik qobiliyati 3,5 marotaba oşiriladi;
- 150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilişi hisobiga ma’lumotlar uzatiş tarmoği kengaytiriladi;
- xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yöllarini mobil aloqa tarmoqlari bilan töliq qamrab olişni ta’minlaş;
- optik tolali aloqa liniyalari barça aholi punktlariga yetkazilib, uy xöjaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulaniş imkoniyati bilan ta’minlanadi.
Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari 2022 yil 1 yanvardan boşlab Internet jahon axborot tarmoğiga keng polosali ulaniş tarmoqlarini loyihalaş va qurişda quyidagilar nazarda tutiladigan böldi.
- ma’muriy binolar va köp kvartirali uylarni kamida 1 Gigabit/sekund ötkazuvçanlik qobiliyati bilan;
- ta’lim taşkilotlari, soğliqni saqlaş muassasalari va boşqa davlat taşkilotlarini kamida 100 Megabit/s ötkazuvçanlik qobiliyati bilan ta’minlaş.













